Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy korxonalarga qurilish materiallarini reklama qilish xarajatlari qoplab beriladi

Mahalliy korxonalarga qurilish materiallarini reklama qilish xarajatlari qoplab beriladi

2025-yil 1-dekabrdagi PQ-365-son qaror bilan ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Shu maqsadda, jumladan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston hududida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta va jurnallar, onlayn reklama, bilbord, internet tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish) orqali targ‘ibot va tashviqot qilish xarajatlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishga ruxsat etilgan.

Bunda:

  • mazkur xarajatlarning 50 foizdan 100 foizgacha qismi, biroq bir kalendar yilda 250 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
  • Savdo-sanoat palatasining xulosasiga asosan sanoat korxonalariga kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Hujjat bilan Savdo-sanoat palatasiga uch hafta muddatda kompensatsiyalarni taqdim etish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish vazifasi topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring