Majburiy talablarni maqbullashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Majburiy talablarni maqbullashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.
Taqdimotda majburiy talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularni maqbullashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda bozorlar faoliyatiga oid 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ortiq talab tarqoq holda yuritilmoqda. Ularni tizimlashtirish orqali talablarning 30 foizdan ortig‘ini maqbullashtirish mumkin.
Shuningdek, sanitariya talablariga muvofiqlik dalolatnomasi hamda ko‘rikdan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini elektron tizim orqali shakllantirish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.
Taqdimotda tadbirkorlik sohasidagi barcha majburiy talablarni Majburiy talablar reyestriga kiritish, ularni amaliy ko‘rsatkichlar asosida baholash va kompleks monitoring qilish taklif etildi.
BAA va Singapur tajribasi asosida samarasiz, eskirgan va ortiqcha byurokratik talablarni bekor qilish,«Biznes kalkulyator»,«gilotina» usuli hamda «one in— one out» mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, har bir talabning samaradorligini kuzatish va har 3 yilda natijadorligini tahlil qilish tizimini joriy etish nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter