Elektr tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi
Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori (850-son, 31.12.2025-y.) bilan «Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida» gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, elektr energetikasi tizimi ishlashining quyidagi texnologik buzilishlari majburiy ravishda tekshirilishi va hisobga olinishi shart:
- elektr qurilmalarining ekspluatatsiya davrida, shuningdek, rejali ta’mirlash, profilaktika ko‘rigi va sinovlar jarayonida aniqlangan shikastlanish holatlari;
- elektr qurilmalari va ularning elementlarini ishdan chiqargan, texnik (texnologik) holat parametrlarining ruxsat etilmagan darajada chetga chiqishi;
- iste’molchilarga elektr energiyasini qisman yoki to‘liq rejalashtirilmagan holda yetkazib berishning to‘xtatilishi.
Texnologik buzilish holatlari xususiyati va oqibatining og‘irligiga qarab, avariyalar, I va II darajadagi ishdan chiqishlarga bo‘linadi.
Texnologik buzilishlarning tekshiruvi ular aniqlangan zahoti boshlanib, 10 kun ichida yakunlanishi lozim.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, uzatuvchi va taqsimlovchi korxonada hamda unga tegishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan barcha texnologik buzilishlar ushbu elektr energetikasi ob’yekti tomonidan hisobga olinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter