Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda qog‘oz kundalikka qaytilgani rad etildi

Maktablarda qog‘oz kundalikka qaytilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda an’anaviy (qog‘oz) kundaliklar, sinf jurnallari joriy etilayotganligiga doir tarqalgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat berdi.

Vazirlik rasmiylariga ko‘ra, ushbu xabarlarning huquqiy asosi yo‘q.

Ta’kidlanishicha, PQ-3931-sonli qaror hamda PF-5712-son farmon bilan mamlakatdagi mavjud barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining davomati va fanlarni o‘zlashtirish baholari «eMaktab» elektron jurnal tizimi orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad, o‘qituvchilardagi ish yuklamasini kamaytirish, o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdan iborat. Ushbu jarayon xalqaro tajribada ham o‘zini oqlagan.

Mazkur tizim joriy etilishi natijasida ota-onalarning o‘z farzandlarining darslarni o‘zlashtirish darajasini masofaviy kuzatish imkoniyati yaratilib, o‘quvchilarni baholashda shaffoflik ta’minlanib kelinmoqda. Shuningdek, pedagoglar faoliyatiga doir turli qog‘ozbozliklarning kamayishiga erishilgan.

Shu o‘rinda, vazirlik maktablarga an’anaviy kundalik va sinf jurnallariga qaytish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmaganini ma’lum qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari ortga qaytmas tus olganligini alohida ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring