Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning otasi – Shayx Hamad ibn Xalifa Ol Soniyning dafn marosimida qatnashishi kutilyapti.
1995–2013 yillarda Qatarni boshqargan amir Hamad ibn Xalifa Ol Soniy 12-iyul kuni 74 yoshda vafot etgandi.
TIV rasmiysining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur marosimga ishtirok bugunga belgilanmagan.
Qatar Amirligi Devoni rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Shayx Hamad ibn Xalifa Ol Soniyning janoza namozi 2026-yil 12-iyul (yakshanba) kuni Dohadagi Imom Muhammad ibn Abdulvahhob masjidida o‘qilgan.
Amir Shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy 13–15 iyul kunlari Lusail saroyida xorijiy davlat rahbarlari, rasmiylar va fuqarolardan ta’ziya qabul qiladi.
Qatarda 4 kunlik milliy motam e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishmoqda.
Shuningdek, davlat rahbarining mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter