«Sayohat odobi» tavsiyaviy qo‘llanmasi ishlab chiqildi

Madaniy meros obektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan «Sayohat odobi» tavsiyaviy qo‘llanmasi ishlab chiqildi.
Mazkur tavsiyaviy qo‘llanma sayohat odobining mazmun-mohiyati, madaniy-marifiy obektlarga tashrif buyuruvchilar uchun odob-axloq qoidalari, ekskursiya mobaynida sayyohlar uchun odob-axloq bo‘yicha yo‘riqnoma, tabiiy hududlarga tashrif buyuruvchilarning odob-axloq qoidalari, mehmonxona va muzeyda etiket qoidalari, sayohatchilar uchun tavsiyalar va maslahatlar kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu qo‘llanma barcha oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari hamda texnikumlarda ta’lim olayotgan talabalar va soha mutaxassislari, sayyohlar, ziyoratchilar uchun qo‘shimcha zaruriy va foydali axborot manbai sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, ushbu nashr turizm sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter