Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MB: O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati 67,7 mlrd dollarga yetdi

MB: O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati 67,7 mlrd dollarga yetdi

2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonning oltin zaxiralari qiymati 67,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich yil boshidagi 55,1 mlrd dollarga nisbatan sezilarli oshgan.

Markaziy bank bergan ma’lumotga ko‘ra, shu davrda oltinning jismoniy hajmi ham 12,6 mln troy unsiyadan 13,1 mln troy unsiyaga yetgan. Oltin narxining xalqaro bozorlarda oshishi esa zaxiralar qiymatining kengayishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

«Oltin iqtisodiy noaniqlik va geosiyosiy beqarorlik davrlarida muhim xavfsiz va strategik zaxira aktivi hisoblanadi. U uzoq muddatli davrda qiymatini saqlab qoluvchi yuqori likvidli aktiv va zaxiralarni diversifikatsiya qilish vositasi bo‘lib, kredit yoki kontragent tavakkalchiligiga ega emas, shuningdek inflyasiya va valyuta qadrsizlanishiga qarshi tabiiy himoya vositasi sifatida xizmat qiladi», – deyiladi regulyator axborotida. 

Ma’lumot uchun, troy unsiya – qimmatbaho metallar (oltin, kumush, platina, palladiy) uchun standart o‘lchov birligi bo‘lib, 31,1035 grammga teng. U bank ishlarida, zargarlik buyumlari va fond birjalarida qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring