Metan shoxobchalari 6 soat odatdagi tartibda ishlaydi
Bugun, 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar O‘zbekistondagi barcha metan quyish shoxobchalari odatdagi rejimda faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik mazkur vaqt oralig‘ida haydovchilarga metan quyish xizmati odatdagi tartibda ko‘rsatilishini bildirdi.
Ertangi va keyingi kunlar haqida vazirlik biron ishora bermadi.
Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda mamlakatimizning ayrim hududlarida metan quyish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik grafik asosida tashkil etilayotgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter