Migratsiya agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan — Elyor Toshtemirov Dilshodovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
E. Toshtemirov 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishini tamomlagan.
Migratsiya sohasida 17 yillik tajribaga ega.
Tayinlovga qadar Elyor Dilshodovich Migratsiya agentligi Tashkiliy va ijro intizomi nazorati, strategik rejalashtirish va KPI bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter