Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik bayrami poytaxtning qaysi manzillarida nishonlanishi aytildi

Mustaqillik bayrami poytaxtning qaysi manzillarida nishonlanishi aytildi

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 30–31 avgust kunlari bayram sayllar o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, 12:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Yunusobod tumani — “O‘zekspomarkaz” maydoni.

18:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Bektemir tumani — “Coca cola garden” bog‘i;
  • Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i;
  • Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni;
  • Olmazor tumani — River park maydoni;
  • Uchtepa tumani — “ Eco Seul” bog‘i;
  • Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i);
  • Shayxontohur tumani — “Navro‘z” bog‘i;
  • Yangihayot tumani — “Yangi Darxon” MFY  45–46 uylar oldidagi maydon;

19:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i (Central Park);
  • Yashnobod tumani — “Ashxobod” istirohat bog‘i;
  • Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” istirohat bog‘i.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring