Namanganda 1,3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi: tafsilotlar
Yangi Namangan tumanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «L.L.» MChJ rahbari A.I.«Boborahim Mashrab» MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter