Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiy viloyat hokimi va prokuroriga hayfsan berildi. Bir qator rahbarlar lavozimidan bo‘shatildi

Navoiy viloyat hokimi va prokuroriga hayfsan berildi. Bir qator rahbarlar lavozimidan bo‘shatildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida tadbirkorlik sohasida olib borilgan ishlardan norozi bo‘lgani xabar qilingan edi. Ayni vaqtda o‘tkazilayotgan selektor yig‘ilishi davomida bir qator mutasaddi shaxslar lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev, soliq boshqarmasi boshlig‘i Azamat Bozorov, Markaziy bankning Qashqadaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Hasanov, Markaziy bankning Navoiy viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i Islombek Saidov va soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedovga hayfsan beriladi. Ushbu mutasaddi xodimlarga qat’iy ogohlantirish berildi va chorak oxiriga qadar o‘zgarish bo‘lmasa, ishdan bo‘shatilishi ta’kidlandi.

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azat Tasbayev va soliq rahbari A.Botiraliyevlar lavozimiga joriy yil mart oyida tayinlanganini inobatga olib, ularga 3 oy sinov muddati berildi.

Selektor yig‘ilishi davomida Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon va Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan bo‘shatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring