Navoiyda 3 yoshli farzandini sotayotgan ayol qo‘lga olindi
2019-yil 3-fevral kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi Z.S. (ismli ayol) 3 yoshli o‘g‘lini ikki nafar shaxsga 8 mln so‘m va 100 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda farzandini 300 dollar evaziga sotayotganlar ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter