Nonning joyi chiqindi joyi emas – Toshkentda kuniga 3-3,5 tonna non va oziq-ovqat isrof bo‘lmoqda
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tahlillariga ko‘ra 2025 yilda sanitar tozalash xizmatlari bilan respublikada jami 23,9 mln abonent qamrab olinib, umumiy 15,1 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lgan. Jumladan, Toshkent shahrida abonentlar soni 755 mingta bo‘lib, ulardan 1,1 mln tonna chiqindi yig‘ib olingan.
Chiqindilarni boshqarish sohasida sanitar xizmat sifatini bilan bir qatorda chiqindilarning saralab tashlanishi muhim o‘rin tutadi. Misol uchun, poytaxtda har kuni 3-3,5 ming tonna chiqindi yig‘ib olinadi. Uning 0,1 foizi, ya’ni 3-3,5 tonnasi non va oziq-ovqat mahsulotlarini tashkil etib, afsuski, ular chiqindiga chiqarilmoqda. Bu birgina poytaxt misolidagi miqdor, mamlakatimiz bo‘yicha bu raqamning salmog‘i yanada oshadi.
Shu o‘rinda, Qur’oni Karim sahifalarida: “Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas”, deb keltirilib, isrofdan saqlanishga chaqirilgan. (A’rof su-rasi 31-oyat)
Bu kabi isrofgarchiliklarni kamaytirish bo‘yicha agentlik tomonidan aholi o‘rtasida non va oziq-ovqat mahsulotlarini chiqindiga tashlamaslik yoki saralash yuzasidan tashviqot-targ‘ibot ishlari olib boriladi. Non va oziq-ovqat mahsulotlari uchun hamma chiqindi yig‘ish shoxobchalarida alohida konteynerlar qo‘yilgan bo‘lib, yurtdoshlarimizdan bu turdagi chiqindilarni ushbu maxsus idishlarga saralab tashlashlarini so‘raymiz. Natijada non mahsulotlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri poligonlarga borishining oldi olinib, qayta foydalanish imkoniyati ortadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter