Vaqt maşinasi: nuragan paxsa uylardan — havas qilgulik xonadonlargaça
Suratda: sovet davridagi Özbekiston şaharlaridagi mahallalar va Mustaqillik davridagi qişloqlar.
Ota-bobolarimizdan yoşliklari haqida sörasak, «7-8 ta aka-uka bitta uyda yotganmiz», «bir xonada katta bölganmiz», «qişda bir joyga qatorlaşib yotardik» qabilida javob berişadi. Uzoqqa bormaymiz, 2000-yillar boşida ham bu holat mavjud edi. Albatta, yoşlikni qömsaş, ötgan kunlarni eslab zavqlaniş yaxşi. Ammo bu gaplar jamiyatmizdagi bir manzarani ham aks ettirardi: aholining turmuş darajasi va uy-joy bilan taʼminlanganlik holati.
Jahonning boşqa nuqtalari, xususan Ğarbda oilalar öz bolalari uçun alohida xonalar, yotoqxona va dars tayyorlaş joylari ajratgan paytda özbek mehnatkaşi loysuvoq uylarda 5-10 nafar bolasi bilan tiqilib yaşaşga majbur edi. Qişloqlarda bitta xonadan ham mehmonxona, ham yotoqxona va oşxona örnida foydalaniş oddiy hol bölgan. Sobiq ittifoq davrida aholi şiddat bilan ösib borsa-da, qurilayotgan uy-joylar ehtiyojni töliq qoplamagani, şaharlarda odamlar kvartiraga yillab navbatda turgani heç kimga sir emas. Kolxozlarda odatda bittagina ikki qavatli va çiroyli imorat bölardi, u ham bölsa kolxozning idorasi.
Buning ustida SSSRda xususiy mulkka qattiq çeklov bor edi. Qölida puli bor odam özi istasa ham, qulay, keng va şinam uy qura olmasdi. Çunki uy qurişga pul qanday yöl bilan topilgani davlatga isbotlab berilişi majburiy bölgan. Öşa davrda fuqarolarning keng va haşamatli uy-joylarda yaşaşi yoki öz puliga istagança hovli-joy qurişiga yöl qöyilmagani şunçaki tasodif emas. Uy-joy — davlat tomonidan taqsimlanadigan «ijtimoiy neʼmat» va aholini nazorat qiliş vositasi edi.

Agar biror fuqaro qöşnilarinikidan ajralib turadigan katta yoki haşamatliroq uy qursa, OBXSS (Sotsialistik mulkni talon-toroj qilişga qarşi kuraş bölimi) darhol tekşiruv boşlagan. Quriliş materiallarini qayerdan va qaysi pulga olganini isbotlay olmagan odamlarning uylari sud qarori bilan bepul musodara qilingan (davlat foydasiga ötkazilgan), özlari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hatto bitta oila uçun maksimal yaşaş maydoni ham belgilab qöyilgan. 1948-yilgi SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoni va keyingi uy-joy kodekslariga köra, fuqarolar quradigan şaxsiy uyning yaşaş maydoni 60 kvadrat metrdan oşmasligi şart edi (köp farzandli oilalar uçun maxsus ruxsat bilan biroz köproq maydonga ijozat berilgan). Qöşimça xonalar, garaj yoki yertölalarning ölçami ham qatʼiy nazorat qilingan.
Xullas, muhim qulayliklarga ega uyda yaşaşga imkon va haqqingiz bölsa ham, tuzum bunga ruxsat bermasdi.
Keling, öşa davrda yaşagan va şaroitni öz közi bilan körgan fuqarolarimizga quloq tutamiz.
Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida yaşovçi, 64 yaşar Obid Qarşiyevning bolaligi va ösmirligi ötgan asrning 60-70-yillarda ötgan. «Oilada töqqiz farzand edik. Otam brigadir bölib işlagan. Uç xonali pastakroq uyda istiqomat qilganmiz. Katta bölgunimizça qöşimça imorat yoki qulayliklar qiliş haqida gap bölmagan. Çunki agar uyni ortiqça kötarib yuborsak, yoki taʼmirlasak gap-söz bölib ketişi mumkin edi. Otamizga ham gap tegişi turgan edi. 80-yillar örtalarida uylanganimdan söng, hovlining bir çetidan imorat kötarmoqçi böldim. Yertölani balandroq kötarayotgan edik, öşa kuniyoq mahalliy militsioner kelib, ogohlantirib ketdi. Nailoj, kiçkina ikki xonalik uyça kötardik», — deya eslaydi u.

Qurilişdagi tösiqlar yetmaganday, quriliş materiallarini topiş va sotib oliş ham jiddiy muammo bölgan. Sement, ğişt, taxta, şifer, temir armatura va quvurlar erkin savdoda deyarli bölmagan. Bu resurslarning 90 foizdan ortiği davlat qurilişlariga (zavodlar, kolxozlar, köp qavatli uylar) yönaltirilgan. Oddiy fuqaro uy quriş uçun quriliş materiallarini korxonalardan ruxsatnoma (fond) orqali yillab kutib olgan yoki yaşirin yöllar («qora bozor») orqali sotib olişga majbur bölgan. Ammo bunday yöl bilan material topiş doimo OBXSS (iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş bölimi) nazorati ostida bölib, qamoq xavfini tuğdirgan.
Şaharlarda ham vaziyat havas qilarli darajada emas edi. Buning Toşkentning eski tasvirlaridan ham köriş mumkin. Sovet şaharlarida uy-joy masalasi birinçi navbatda aholi qulayligi uçun emas, qanday bölmasin, talabni qondiriş, raqamlar ortidan quvişga qaratilgandi. Oqibatda bir-biridan farq qilmaydigan blok uylardan iborat kvartallar vujudga keldi. 60-70-yillarda eski kommunal kvartiralardan qutuliş uçun tezkor va arzon panelli uylar qurila boşlangan. Bu uylarda şift balandligi 2,5 metrgaça tuşirilgan, oşxonalar 5–6 kv. metr qilib qurilgan, sanuzellar birlaştirilgan va xonalar öta tor bölgan.
Bu «insonga faqat tunaş va işga ketiş uçun joy kerak» degan tamoyilga asoslangan edi.
Özbekistonda esa milliy anʼanalar (katta oilalar, mehmondorçilik, hovli madaniyati) sababli tor kvartiralar aholi turmuş tarziga zid kelgan. Ayrim qişloq va mahallalarda odamlar qonuniy çeklovlarni aylanib ötiş uçun uylarni pastqam qilib, köça tomondan oddiy paxsa devor bilan örab, içkarida esa yaşirinça qöşimça xonalar va ayvonlar qurişga harakat qilişgani haqida maʼlumotlar mavjud. 1980-yillardagi «paxta işi» va «mehnatsiz daromadlarga qarşi kuraş» kampaniyalari davrida Özbekistonda baland darvozali yoki pişiq ğiştdan qurilgan uylar uçun minglab odamlar söroqqa tutilgani va uylari musodara qilingani aytiladi.

Bu maʼlumotlarni yoş avlod öqisa, kulgisi qistaşi mumkin. Ammo Özbekiston xalqi şunday kunlarni boşidan ötkazdi.
Xöş, bugun bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurilayotgan davrda uy-joy masalasi qanday? Milliy statistika qömitasining dastlabki maʼlumotlariga köra, 2025-yilda Özbekistonda bir kişiga örtaça 19,2 kvadrat metr uy-joy maydoni töğri kelgan. Bu körsatkiç 2010-yilda 15 kvadrat metrni taşkil etgan bölib, 15 yil davomida 4,2 kvadrat metrga yoki 28 foizga oşgan. Özbekistonda uy xöjaliklarining 88,1 foizi alohida uy (xususiy hovli)da istiqomat qiladi.
Foto: Xabar.uz

Yana bir raqam: 2025 yilning yanvar-avgust oylarida Özbekistonda 35,4 trln sömlik yakka tartibdagi uy-joy quriş işlari bajarilgan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davri bilan soliştirilganda 13,3 foizga oşgan.
Eng muhim jihati, qişloqlarda yaşovçi aholi nafaqat özi istaganday uy-joylar qurmoqda, balki şunga mos ravişda turmuş darajasida ham ösiş bormoqda. Bir paytlar konditsionerlar, muzlatkiçlar, issiq suv uzilmaydigan çiroyli hammomlar faqat yirik şaharlardagi uylarda bölardi. Bugun qişloqdagi köpçilik hovli bunday qulayliklarga ega. Milliy statistika qömitasining uy xöjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2025 yilda Özbekistonda 100 ta uy xöjaligiga töğri keladigan konditsionerlarning örtaça soni 67 donani taşkil etgan.
Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz
Mazkur körsatkiç yillar kesimida quyidagiça:
2010 yil — 19 dona;
2015 yil — 32 dona;
2020 yil — 40 dona;
2025 yil — 67 dona.
Demak bor-yöği 15 yilda konditsionerlar uluşi bir neça barobarga ösgan.
Bahodir Ergaşev Toşkentdan yuzlab kilometr olisdagi qişloqda istiqomat qiladi. Yoşi 33 da. Bahodir ustaçilik qiladi, uylarni taʼmirlaydi.
«Avvallari Rossiyaga borib işlab kelardim. Sönggi yillarda qişloqda qurilişlar juda köpaydi va xorijga bormay qöydim. Qişloqning özida ham iş topilyapti. Odamlar uy taʼmiriga yaxşigina pul sarflayapti. Yevropaça taʼmir uslubining bir neça xillari çiqib ketdi. Internetda çiroyli taʼmirlangan uylar videolari köp aylanadi. Ularni körişga, zamondan orqada qolmaslikka, aholining ehtiyojini qondirib, mehnat qilmoqdaman», — deydi u.
Bugun qişloqlar va aholining turmuşi haqida köp gapiriş mumkin. Qolganini esa suratlarga qarab xulosa qiliş mumkin.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter