Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo bo‘yicha shoshilinch axborot taqdim etildi

Ob-havo bo‘yicha shoshilinch axborot taqdim etildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometorologiya xizmati markazi ob-havo bo‘yicha shoshilinch axborot berdi. 

Joriy yilning 6-8-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, deyiladi Gidrometorologiya xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring