Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar soch oqarishiga qarshi dori yaratishdi

Olimlar soch oqarishiga qarshi dori yaratishdi

Foto:«Youtube»

Barselona avtonom universiteti olimlari aslida saratonga qarshi yangi dori vositasini ishlab chiqib, uni 52 nafar o‘pka saratoniga uchragan bemorda sinab ko‘rmoqchi bo‘lishgandi. Ular dorining salbiy ta’sirini tekshirib ko‘rishni niyat qilishgandi. Qarangki, ta’sirni aniqlashdi. Lekin buni salbiy ta’sir ham deb bo‘lmaydi.

«Farmatsevt»ning yozishicha, dorini iste’mol qilgan bemorlarning 14 nafarida soch qorayish hodisasi ko‘zga tashlangan. Haqiqatan, barchaning ko‘z o‘ngida ularning oqargan sochlari ilgarigi rangiga kira boshlagan. Yana 13 bemorning boshida esa yoshlikdagi rangda yangi sochlar o‘sib chiqayotganiga guvoh bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring