Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: yolg‘izlik uyqu sifatini yomonlashtirib yuboradi

Olimlar: yolg‘izlik uyqu sifatini yomonlashtirib yuboradi

Yolg‘iz odamlar yomon tush ko‘rishi va yaxshi uxlay olmasligi ehtimoli ko‘proq, dedi Oregon shtati universiteti (AQSh) olimlari. Tegishli tadqiqotda 18 yoshdan 81 yoshgacha bo‘lgan 1600 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yolg‘iz odamlar ko‘proq stressga duchor bo‘lishadi. Bu tungi uyqu sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Ular, shuningdek, bezovtalik va haddan tashqari qo‘zg‘alish (hushyorlik va diqqatni jamlashning kuchayish holati) bilan ajralib turadi.

Tadqiqotchilarning fikricha, shaxslararo munosabatlar insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Busiz odamlar jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan azoblanadi.

Avvalgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yolg‘izlik farovonlikni sezilarli darajada kamaytiradi. Shu bilan birga, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 29 foizga, insult 32 foizga, qariyalarda demans 50 foizga oshadi. Yolg‘iz odamlarda eng ko‘p buziladigan sohalardan biri bu uyqudir, deb xabar beradi The Journal of Psychology.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring