Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oltin qalam» XV mukofotining barcha g‘olib va sovrindorlari

«Oltin qalam» XV mukofotining barcha g‘olib va sovrindorlari

Poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Oltin qalam» XV milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlari ro‘yxati

  1. Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofoti:

Salim Doniyorov, «Yangi O‘zbekiston» gazetasi Bosh muharrir

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlar samaralari keng yoritilgani, gazetada e’lon qilingan dolzarb, tahliliy-tanqidiy ruhdagi materiallar jamoatchilik e’tiborini qozongani uchun

Sadriddin Suyarov, «Dunyo» axborot agentligi Direktori

O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmun-mohiyatini keng yoritishga, xalqaro hayotda mamlakatimiz imijini oshirishga qo‘shib kelayotgan hissasi uchun

  1. Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:

Ulug‘bek Rahmonqulov, «O‘zbekiston 24» telekanali «Tahlilnoma» axborot-tahliliy dasturlar bo‘limi bosh muharriri

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaralariga bag‘ishlangan turkum axborot-tahliliy dasturlari, maxsus reportajlari uchun

2-o‘rin:

  1. Jaxongirxon Olimov, «Sevimli» telekanali muharriri

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayoni bilan bog‘liq keng ko‘lamli ishlar yoritilgan teledasturlari uchun;

  1. Tuxtatosh Mamadaliyeva, Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi katta muharriri

Hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning samaralarini qiyosiy yondashuvlar asosida ochib bergan «Biz tomonlarda» nomli turkum ko‘rsatuvlari uchun.

3-o‘rin:

  1. Gulmira Musajonova, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali katta muharriri

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash mavzularidagi turkum ko‘rsatuvlari uchun;

  1. Sardor Sobirov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi, Xalqaro press-klub a’zosi

Yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayonida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mavzusida «Xalqaro press-klub»da tayyorlangan turkum telemahsulotlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o‘rin:

Nargiza Kulmatova, «Poytaxt-Inform» radiokanali muharriri

«O‘zbekiston online» informatsion dasturlariga tayyorlangan reportajlari, tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar va amaliy tavsiyalarga boy «Sog‘lom hayot» dasturi uchun

2-o‘rin:

Artikgul Aimbetova, O‘zMTRK Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi bosh muharrir o‘rinbosari

«Ilim raujlaniu tiregi», «Mamleketlik bagdarlama xareketi», «Maxalla basligi – reformator» dasturlari va eshittirishlari uchun

3-o‘rin:

  1. Nafosat Tursunboyeva, Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi muxbiri

Respublikamizdagi turli maskanlar va dilkash insonlar haqidagi «Maftunkor diyor» nomli eshittirishlar turkumi uchun;

  1. Nozima Toshpo‘latova, «O‘zbekiston 24» telekanali katta muharriri

«Mehr» operatsiyasiga bag‘ishlangan turkum materiallari, «Muhim mavzu» va «Fikrlar maydoni» eshittirishlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot)

1-o‘rin:

  1. «Hurriyat» gazetasi jamoasi Bosh muharrir: Abdurasul Jumaqulov

O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash yo‘lidagi dolzarb, tahliliy, tanqidiy ruhdagi materiallari uchun;

  1. «Ma’rifat»gazetasi jamoasi Bosh muharrir: Husan Nishonov

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, samaralari, o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol tarbiyalashga qaratilgan tahliliy materiallari uchun.

2-o‘rin:

Sergey Levchenko, «Narodnoye slovo» gazetasi muxbiri

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga oid tanqidiy-tahliliy, dolzarb turkum maqolalari uchun

3-o‘rin:

Nurillo Choriyev, «Yoshlik» jurnali tahririyati Bosh muharrir vazifasini bajaruvchi

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» maqsad-vazifalari va yoshlarga oid davlat siyosati samaralari keng yoritilgan materiallari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika)

1-o‘rin:

Abror Zohidov, «kun.uz» internet sayti muxbiri

Internet tarmog‘ida mamlakatimiz hayotining turli sohalaridagi islohotlar tezkor va tahliliy yoritilgan materiallari uchun

2-o‘rin:

Abdujalol Taypatov, O‘zbekiston Miliy axborot agentligi – O‘zA bosh muharriri

Ijtimoiy-ma’naviy mavzulardagi materiallari uchun

3-o‘rin:

Oliya Taisheva, «Nuz.uz» internet nashri muxbiri

Dolzarb mavzulardagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun

«Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun» nominatsiyasi:

1-o‘rin:

Ruzubay Akuren /RuzubayAkoren (Turkiya Respublikasi), «Business Turk» jurnali bosh muharriri

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonini Turkiyada keng va tahliliy yoritib kelayotgani va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun

2-o‘rin:

  1. Atobek G‘oibov (Tojikiston Respublikasi), Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Televideniye va Radio ko‘mitasi «Ovozi tojik» radiosi o‘zbek bo‘limi katta muharriri

O‘zbek-tojik madaniy, ijtimoiy-iktisodiy aloqalarini targ‘ib etuvchi ko‘rsatuvlari, radioeshittirishlari va maqolalari uchun

  1. Birgit Vetsel (Germaniya Federativ Respublikasi), «NDR» teleradiokompaniyasi, «Deutschlandfunk» radiostansiyasi va «Zentralasien-Analysen» jurnalining Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy eksperti

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar keng yoritilgan materiallari uchun

  1. Dilshoda Rahmatova (Rossiya Federatsiyasi), «Sputnik» axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik munosabatlar haqidagi materiallari uchun

  1. Jasin Birkenov (Qozog‘iston Respublikasi), «Xabar» telekanali bosh muharriri

Mo‘ynoqda amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekistonda pandemiya davrida aholiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlariga bag‘ishlangan turkum reportajlari uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar

Inson huquqlari mavzuidagi eng yaxshi material uchun:

Ravshanboy Shodiyev, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bo‘lim mudiri

Inson huquqlari himoyasi va sud-huquq mavzuidagi materiallari uchun

«Eng yaxshi fotoreportaj uchun» nominatsiyasi:

Oqil Gulyamov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Fotoaxborot tahririyati fotomuxbiri

Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi dolzarb voqealar tahliliy yoritilgan fotomateriallari uchun

«Eng yaxshi matbuot xizmati» nominatsiyasi:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Agentlik Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i – direktorning matbuot kotibi, Sevara Zokirova

Agentlik faoliyati oshkoraligini ta’minlash, matbuot anjumanlari samaradorligini oshirish borasidagi tashkilotchilik faoliyati uchun

«Oltin qalam» Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov doirasida milliy va xalqaro hamkorlar nominatsiyalari

Milliy hamkorlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi:

«Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi material uchun»(bosma OAV, televideniye, internet yo‘nalishlari bo‘yicha)

  1. Rustam Jabborov – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bosh direktorining ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
  2. Ziyoda Arslonova – Qashqadaryo viloyati;
  3. Ilyos Safarov – «kun.uz» internet sayti muxbiri;
  4. Jaloliddin Mirzayev – «BizTV» onlayn telekanali.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

«Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini eng yaxshi yoritgani uchun» (matbuot, televideniye va internet-jurnalistika yo‘nalishlarida)

  1. Mehrojiddin Darxonov – «O‘zbekiston 24» telekanali muxbiri;
  2. Saidjon Maxsumov – «Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri;
  3. Jamshid Niyozov – «kun.uz» internet sayti muxbiri.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:

«Suvni tejaydigan texnologiyalarni targ‘ib etishga qaratilgan eng yaxshi material uchun»

O‘rol Pardayev – «O‘zbekiston» radiokanali siyosiy sharhlovchisi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:

«Energiya samaradorligi — zamonaviy energetika sohasini rivojlantirish lokomotivi» mavzusiga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun

Ixtiyorjon Siddiqov – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Axborot markazi «Zamon» axborot tahliliy dasturi loyihasi muxbiri.

  1. «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ:

«Investitsiya — neft va gaz sohasini rivojlantirishning asosiy mexanizmi» mavzusiga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun

Obid Shabanov – Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muharriri.

Xalqaro hamkorlar

  1. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi:
  2. «COVID-19 ning O‘zbekistonga ta’siri» mavzuidagi eng yaxshi material uchun;

Sanjar Eshmurodov – «Hamshira» jurnali adabiy xodimi;

  1. «O‘zbekistonda xalqaro huquq me’yorlarining implementatsiyasi»

Anora Sodiqova – «Rost-24.uz» yangiliklar sayti muharriri.

  1. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti:

«Terrorizmga olib boruvchi zo‘ravonlik ekstremizmi, radikallashtirishning oldini olishga qaratilgan harakatlar yoritilgan eng yaxshi material uchun»

Nargiza Yunusova – «human.uz» sayti muxbiri.

  1. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi:
  2. «Xitoy – O‘zbekiston ikki tomonlama hamkorligining samaralari haqidagi eng yaxshi material uchun»

Nargis Qosimova – O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti;

  1. «Xitoy to‘g‘risidagi eng yaxshi material uchun»

Abduvali Saybnazarov – «O‘zbekiston-24» radiokanali sharhlovchisi.

  1. Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi:

«AQSh – O‘zbekiston diplomatik munosabatlari yoritilgan eng yaxshi material uchun»

Beruniy Alimov – O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti;

Abdullo Abdulboqiyev – «Nyus.uz» sayti muxbiri.

  1. Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi:

1.»O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun»

Farida Egamberdiyeva – «Darakchi.uz» sayti muxbiri;

  1. «Turkiya va turk madaniyati haqidagi eng yaxshi material uchun»

Sharofiddin To‘laganov – «O‘zbekiston-24» radiokanali sharhlovchisi.

  1. «Turkiya tashqi siyosati haqidagi eng yaxshi material uchun»

Sobirjon Yoqubov – «Xabar.uz» sayti muxbiri

  1. Germaniya tashqi ishlar vazirligining «Yashil Markaziy Osiyo» dasturi:

«Iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston ekologiyasiga ta’siri masalalari bo‘yicha eng yaxshi material uchun»

Karim Zaripov – «Darakchi» gazetasi muxbiri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring