Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol bo‘yidagi quduqdan gaz chiqdi

Orol bo‘yidagi quduqdan gaz chiqdi

Foto: «Sputnik»

Orol dengizi yaqinidagi gaz quduqlaridan tabiiy gaz qazib chiqarish boshlangan. «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasining rasmiy internet sahifasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Ustyurt geofizika» ekspeditsiya filiali jamoasi bir qancha gaz quduqlarida qazishma ishlarini olib borgan. Kuni kecha ularning biridan ko‘p miqdorda gaz chiqa boshladi, deya ma’lum qilgan filial mutaxassisi Maqset Reymov.

O‘tgan yillarda Arslon, Inom, Qizil-Sholi, Sayxun, Beshqal’a konlari ochilgan edi. 2018-yil ushbu hududning 25 joyida qidiruv ishlari yakunlanib, yana to‘rtta istiqbolli struktura tayyorlash filial dasturiga kiritilgan. Hozirgi kunda Ustyurt hududida 4200 metgacha chuqurlikda joylashgan pastki yura qatlamlaridan gaz va gaz kondensanti mahsulotlarini olish davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring