Bugun kuchli yog‘ingarchilik va tuman tushishi kutilmoqda
Bugun kunduzi yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-9° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter