Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yganlar jarimaga solinadi

Ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yganlar jarimaga solinadi

Foto: Xabar.uz

Prezident Qaroriga asosan (31.05.2023 yildagi PQ-171-son) 2023 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida «Oqilona iste’mol» dasturi ishlab chiqiladi.

Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat iste’molinining oqilona me’yorini belgilash, ortiqcha iste’molni kamaytirish, shu jumladan bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish me’yorini belgilash;
  • umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va iste’molchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;
  • aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda me’yoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash;
  • isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llash va nazorat mexanizmlarini o‘natish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring