O‘zbekiston aholisi bir kunda qanchaga o‘sayotgani ma’lum bo‘ldi
2022-yilning 1-aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,4 mln. kishini tashkil etmoqda.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 foizga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 54,2 ming kishiga ko‘paygan.
2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Oldinroq, 2021-yilda doimiy aholi soni 712,4 ming kishiga oshgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter