Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston dorixonalari kuniga taxminan 5,4 mln dollarlik dori vositalarini sotyapti

O‘zbekiston dorixonalari kuniga taxminan 5,4 mln dollarlik dori vositalarini sotyapti

Respublikadagi 13 mingdan ziyod dorixonalar tomonidan o‘tgan yili 24 trillion so‘mlik dori vositalari sotilgan. Bundan tashqari, davlat xaridlari orqali yiliga 5 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari olinmoqda.

Bu haqda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan sohaga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Hududlardagi mas’ullar qaysi doriga qancha talab borligini, uning qanchasi import bo‘layotganini hisob-kitob qilmagani, ishlab chiqaruvchi va importchilar bilan uchrashib, zarur dorilarni mahalliylashtirish masalasini o‘rganib ko‘rmaganiga e’tiroz bildirildi.

Qayd etilishicha, yurtimizda jami 58 ta farmatsevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.

Formulasi oddiy, ishlab chiqarish uncha murakkab bo‘lmagan ibuprofen, paratsetamol, diklofenak kabi og‘riq qoldiruvchi dorilarni o‘zimizdagi 20 dan ortiq farmatsevtika korxonalari ishlab chiqarmoqda.

Xuddi shu kabi, ortiqcha sertifikat talab qilmaydigan qon ko‘paytiradigan kaliy, kalsiy, temir, sink, magniy, yod, vitamin B, C va D kabi oddiy biologik faol moddalarni ham tegishli sifat talablari va standartlarga qat’iy rioya qilgan holda o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud

Qo‘shimcha izoh: Yiliga 24 trillion so‘mlik dori vositalari sotilayotgan bo‘lsa, bu oyiga 2 trln, kuniga esa taxminan 65,7 mlrd so‘m (yoki taxminan 5,3–5,4 mln dollar) degani.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring