Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston xalqaro fan olimpiadalarda yuqori natija qayd etdi

O‘zbekiston xalqaro fan olimpiadalarda yuqori natija qayd etdi

O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 21-30 iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush,1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Xalqaro matematika musoboqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritdi.

26-31 iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musoboqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring