Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston maymun chechagiga qarshi choralar ko‘rmoqda

O‘zbekiston maymun chechagiga qarshi choralar ko‘rmoqda

JSST Afrikada tarqalayotgan maymun chechagining Clade 1b shtammining yangi to‘lqini tufayli sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov maymunchechakka qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar haqida ma’lumot berdi:

Maymun chechagi – virusli infeksiya bo‘lib, odamlarga, ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan muloqot va jinsiy muloqot orqali yuqishi mumkin.

Joriy yilning 14 avgust kuni JSST Afrikada tarqalayotgan maymun chechagining Clade 1b shtammining yangi to‘lqini tufayli, sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi.

Mamlakatimizga ushbu kasallik kirib kelgan taqdirda amalga oshiriladigan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar yuzasidan quyidagi tayyorgarlik choralari ko‘rildi: 

  • Yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi;  
  • kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilab olindi;
  • kasallikni chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining xushyorligi oshirildi;
  • Maymun chechagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida mutaxassislarning malakasi oshirildi;

Shuningdek, kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring