O‘zbekiston tarixida ilk bor yerlar yalpi xatlovdan o‘tkazilmoqda
Bugun, 21-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, ushbu yig‘ilish boshlangan.
Qayd etilishicha, yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.
Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’yektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.
Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.
Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter