Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Niger davlati «VAQF» tashkiloti rahbarlari uchrashdi

O‘zbekiston va Niger davlati «VAQF» tashkiloti rahbarlari uchrashdi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani doirasida Niger respublikasi prezidentining vaqf masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Niger vaqf tashkiloti rahbari Xadija Diallo hamda «VAQF» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo qori Abdurahmonov o‘rtasida hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Xadija Diallo Niger davlatida vaqf tashkiloti va uning faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, Yahyo Abdurahmonov mamlakatimizda tashkil etilgan «VAQF» fondi va uning vazifalari, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Tomonlar kelajakda hamkorlikda amalga oshiriladigan xayriya loyihalari haqida fikr almashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring