Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga a’zo bo‘ladimi?

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga a’zo bo‘ladimi?

Foto: «Getty Images»

Bugun, 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Bosh direktori Vilyam Leysi Sving boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda O‘zbekiston XMTga a’zo emas. Mazkur tashkilot vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilishda ko‘maklashish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kiradi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktori Vilyam Leysi Sving
Foto: Tashqi ishlar vazirligi

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tashkilot faoliyatida to‘la qonli a’zo sifatida qatnashish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani XMT delegatsiyasiga ma’lum qilindi. Shu nuqtai nazardan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

XMT delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Hukumati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ichki ishlar vazirliklari hamda Bosh prokuraturada uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring