Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston TIV rahbari «Krokus»dagi teraktda ayblanganlar qiynoqqa solinganiga munosabat bildirdi

Tojikiston TIV rahbari «Krokus»dagi teraktda ayblanganlar qiynoqqa solinganiga munosabat bildirdi

Foto: ASIA-Plus

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin «Krokus»dagi terakt bo‘yicha ish yuritayotgan Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari aybsizlik prezumpsiyasi, qo‘lga olinganlarga kuch ishlatish va shafqatsiz munosabatda bo‘lish kabilarni ichiga olgan xalqaro huquq me’yorlariga rioya etishi shartligini ta’kidladi.

Sirojiddin Muhriddin terrorchilikda gumon qilinib ushlanganlarga nisbatan kuch ishlatish tasvirlangan kadrlarni ochiq namoyish etishni qoraladi. Jismoniy bosim ostida iqror bo‘lish qanday natija berishi «yaxshi ma’lum», dedi u.

Diplomatning fikricha, kuch ishlatish tasvirlangan videolar tufayli rossiyaliklarda Tojikiston fuqarolariga nisbatan salbiy munosabat shakllanmoqda. U MDHda millatlararo adovat va nafrat, irqchilik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak dedi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring