O‘zbekiston xorijga 45,2 ming tonna pomidor eksport qilgan
2025-yilda O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati 36 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 45,2 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi 2024-yilga nisbatan 3,3 ming tonnaga kamaygan.
2025-yilda O‘zbekiston eng ko‘p pomidor yetkazib bergan davlatlar:
- Rossiya – 32 786 tonna;
- Qozog‘iston – 6 850 tonna;
- Qirg‘iz R. – 5 115 tonna;
- BAA – 325,8 tonna;
- Tojikiston – 48,2 tonna;
- Boshqa davlatlar – 81,6 tonna.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter