Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda har ming kishiga o‘rtacha 32 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri kelyapti – Prezident

O‘zbekistonda har ming kishiga o‘rtacha 32 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri kelyapti – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, yurtimiz nufusi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oshdi, so‘nggi to‘qqiz yilda aholi daromadi 2 karra ko‘paydi.

Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga 56 trillion so‘m ajratilmoqda.

«Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin: shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi? Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.

To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt keldi», — dedi Prezidentimiz.

Bundan keyin «Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak» degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Mamlakatimizda har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi. 

Lekin bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qashqadaryoda 368 ta, Toshkent viloyatida 350 tani tashkil qilmoqda.

Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer shaharlarida har o‘n ming aholiga to‘g‘ri keladigan arizalar soni boshqa tumanlardan 2 barobar yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Yoki murojaatlar soni respublikada 16 foizga kamaygani bilan Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqal’a tumanlari, Namangan shahrida oldingi yildan 50 foizgacha oshgan.

Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Bo‘stonliq tumanlari, Angren, G‘ozg‘on shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan «nomiga» gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgani tanqid qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring