Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ota o‘z ismini bolasiga familiya qilib berishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda ota o‘z ismini bolasiga familiya qilib berishi mumkin bo‘ladi

Quyi palata majlisida deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasi bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yanada takomillashishi mumkin.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ilgari qonuniy imkoniyati bo‘lmagan ota ismini bolaga familiya sifatida berish amaliyotini joriy qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada «O‘zarxiv agentligi tizimini optimallashtirish hamda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish tartibini soddalashtirilib, 3 oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan «Biznesga litsenziyasiz kirish» maxsus rejimini joriy etish aks etmoqda.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun biznesni boshlashda ortiqcha tartib-taomillardan o‘tish jarayonlarini bartaraf etish, arxiv tashkilotlarining huquqiy maqomi va faoliyatini tartibga solish, arxiv hujjatlarini elektron shaklda saqlashning asoslarini takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, undagi ayrim normalar bo‘yicha qonun tashabbuskorlariga aniqlashtiruvchi savollar berdi. Shuningdek, loyiha matnini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.

Munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring