O‘zbekistonda yo‘l chetlariga tut va pavlovniya ekiladi
Joriy yil yakuniga qadar avtomobil yo‘llari, dala chetlari va barcha aholi maskanlarida 155 million dona daraxt ko‘chati ekiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tayotgan videoselektorda ma’lum qilindi.
Shundan 80 million donasi – tut, 3,5 million donasi – pavlovniya va 71 million donasi – tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlar bo‘lishi belgilab berildi.
Bundan tashqari, 2,5 mingta mahalladagi aholi xonadonlariga 9,5 million dona uzum ko‘chati ekishni tashkillashtirish topshirig‘i berildi. Laboratoriya sertifikatiga ega, sifatli ko‘chatlarni tanlash, ularni ekish uchun mos joylarni to‘g‘ri belgilash, o‘z vaqtida parvarishlashga viloyat hokimlari shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter