Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi 7 ta madaniy meros obyekti ISESKO ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekistondagi 7 ta madaniy meros obyekti ISESKO ro‘yxatiga kirdi

Avvalroq, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan «Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi» haqida xabar berib, ushbu yig‘ilishda Islom olami madaniy merosi ro‘yxatiga O‘zbekiston moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining kiritilishi kutilayotgani aytilgan edi.

2026-yil 9-13 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan «Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi»ning yakuniy xulosalari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan 9 ta nomzoddan 7 tasi ma’qullanib, ISESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining boshlang‘ich ro‘yxatiga kiritildi.

Ro‘yxatga  quyidagilar kiritilgan:

  • 4 ta nomoddiy madaniy meros namunasi - yog‘och o‘ymakorligi san’ati, miniatyura san’ati, xattotlik san’ati, kitobat va tahzib san’ati;
  • 3 ta moddiy madaniy meros obekti - Qadimiy Termiz majmuasi, Shahrisabz tarixiy-majmuasi, Mizdahkan tarixiy-majmuasi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining 19 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari ISESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Ular quyidagilar: Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Ismoil Samoniy maqbarasi, Chor Bakr majmuasi, Bahouddin Naqshband majmuasi, Magoki Attor masjidi, Poyi Kalon majmuasi, Qadimiy Poykent shahri xarobalari, Saroyi Tosh madrasasi, Ipak yo‘llari: Zarafshon–Qaroqum yo‘lagi, Turonning sovuq qishloq cho‘llari, Samarqand — madaniyatlar chorrahasi, Buxoro tarixiy markazi, Zaamin tog‘lari (Jizzax viloyati), Shahrisabz tarixiy markazi, Sulton Saodat majmuasi, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi, Sulton Uvays Bobo maqbarasi, Sayyid Ataliq madrasasi hamda O‘zbekistonda kulolchilik (keramika) san’ati.

Tashkilot ro‘yxatiga kiritilgan yuqoridagilar bilan jami 26 ta O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari  ISESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring