O‘zbekistonga qaytgan amerikalik o‘zbek tadbirkori hibsga olindi
O‘zbekistonga borgan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev hibsga olingan. Bu haqda «Sof.uz» xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Zokir Aliyev uchun Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi yaqinlari taklifnoma bergan, OVIR tasdiqlagan va Tashqi ishlar vazirligi viza ruxsati chiqargan.
Zokir Aliyev AQShdagi xususiy soliq kompaniyasining rahbari hisoblanadi.
O‘zbekistonning Amerikadagi elchixonasi uning pasportiga 90 kunga viza qo‘ygan. Zokir Aliyev ota-onasining uyiga qadar yetib borgan. Yaqinlari bilan ko‘rishgandan keyin bir soat o‘tib Qarshi shahridan kelgan militsiya xodimlari uni olib ketishgan.
Amerikalik o‘zbeklarning yozishicha, Zokir Aliyev o‘zbeklarga hamisha yordam qilib kelishi bilan tanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter