O‘zbekistonlik o‘nlab fuqarolar BAAga kiritilmadi
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari amirliklar hududiga kiritilmayotgani yuzasidan ma’lumot berdi.
Joriy yil 30-noyabr kuni Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Abu Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi mazkur aeroport ma’muriyati hamda amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan.
«Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan ta’minlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.
Gazeta.uz nashrining yozishicha, ayollar, bolalar va keksalar qo‘yib yuborilgan, 20 dan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Ularning hech biriga bu kabi harakatlar nima sababdan amalga oshirilayotgani yuzasidan izoh berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter