Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani aytildi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga borayotgani aytildi

2026-yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 38,2 ming nafarga yoki 6,9 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning ilk oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘iziston (232 174 nafar), Tojikiston (98 659 nafar), Qozog‘iston (88 012 nafar), Saudiya Arabistoni (62 655 nafar) hamda Rossiya (32 291 nafar) davlatlariga safar uyushtirgan. 

Shuningdek:

  • Turkiya — 17 288 nafar;
  • BAA — 16 030 nafar;
  • Tailand — 6 890 nafar;
  • Xitoy — 6 117 nafar;
  • Misr — 4 585 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring