O‘zbekistonliklar Italiyaga mavsumiy ishga boradi
Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Italiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobridjida hamda «Confagricoltura» vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda o‘zbekistonliklarni Italiya agrar sohasiga jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Xususan, Migratsiya agentligi va Italiyaning «Associazione Imprese Ortofrutticole» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, fuqarolar 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan mavsumiy ishlarga yuboriladi. Assotsiatsiya prezidenti Marko Salvi 2026-yilda pilot loyiha doirasida 100 nafarni ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tashkilot Italiyada meva-sabzavot sohasidagi 35 dan ortiq yirik kompaniyani birlashtirib, fermerlikdan eksportgacha bo‘lgan to‘liq agrosanoat zanjirini qamrab oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter