Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi uchta o‘tkazish punkti 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi uchta o‘tkazish punkti 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi uchta o‘tkazish punkti 20 maydan boshlab 24 soatlik ish tartibiga o‘tdi.

Gap Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi quyidagi o‘tkazish punktlari haqida ketmoqda:

  • «Qadamjay — avtomobil yo‘li»;
  • «Chechme — avtomobil yo‘li»;
  • «Aq-Kiya — avtomobil yo‘li».

Ish rejimining o‘zgartirilishi sayyohlik mavsumi davomida chegarani kesib o‘tayotgan fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur punktlar orqali faqat Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘ta oladi.
24 soatlik ish tartibi 2026 yil 1 oktyabrgacha amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring