O‘zbekistonliklarning Misrga safari qariyb 50 foizga oshgan – statistika
2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 60 979 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,7 ming nafarga yoki 47,7 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- sayohat – 55 090 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 5 679 nafar;
- davolanish – 172 nafar;
- o‘qish – 20 nafar;
- xizmat yuzasidan – 18 nafar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter