Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning rahbar ayollari reytingi yangilandi (ro‘yxat)

O‘zbekistonning rahbar ayollari reytingi yangilandi (ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

«Yuksalish» harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingini yangiladi.

Kuchli qirqtalik ro‘yxatni shakllantirishda  ekspertlar tomonidan 300 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirishdagi, tarmoqlarda o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional ta’sir darajasi, fuqarolik jamiyatidagi o‘rni inobatga olindi. Natijada bugun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan, sohalarda muhim vazifalarni bajarib kelayotgan 40 nafar rahbar ayollarning yillik reytingi tuzildi.

Reytingga kirgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, Prezident Administratsiyasi tizimida – 4 nafar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida – 4 nafar, Senatda – 6 nafar, Vazirlar Mahkamasida – 3 nafar, qo‘mitalar, idoralar va markazlarda – 11 nafar, siyosiy partiyalar va prokuratura organlarida har birida bittadan, ta’lim sohasida – 5 nafar, moliya sohasida – 3 nafar, inson huquqlarini himoya qilish sohasida – ikki nafardan vakil.

Reytingdagi rahbar ayollarning 6 nafari o‘tgan bir yil mobaynida mansab pillapoyalaridan ko‘tarilib, yuqori lavozimlarga tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda respublikamiz siyosiy partiyalaridagi xotin-qizlarning ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 48 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan. Rahbarlik lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi 33 foizni tashkil etadi. 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring