«O‘zgidromet» navbatdagi shoshilinch bayonot bilan chiqdi

Joriy yilning 21-22-dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
Bu haqda «O‘zgidromet» shoshilinch axborot e’lon qildi.
21-dekabrda respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda:
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.
21-22-dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter