Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi

Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi

Joriy yil 30-iyuldagi O‘RQ–1077-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, ayrim qonunlarga o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi:

  • o‘z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
  • qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;
  • har chorakda «hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida masala kiritish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XDP fraksiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring