Payariq tumani hokimi karantinga olindi

Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D.Musinov yurtimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiya respublikasida xizmat safarida bo‘lgan.
Payariq tumani hokimligi axborot xizmatining rasmiy ma’lumotida qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyasiya sharoitida bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
«Shu munosabat bilan bugungi kunda tuman hokimi D.Musinov karantinda bo‘lib, sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlaydi» deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter