Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya miqdori qanday hisoblanadi?

Pensiya miqdori qanday hisoblanadi?

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomning 78-bandiga asosan ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.

Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:

  • yoshga doir pensiyalar uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining  55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam emas;
  • har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas.

Ish staji belgilangandan ko‘p bo‘lgan taqdirda qanday hisoblanadi?

Masalan, ayollarga pensiyaga chiqish uchun 20 yil staj talab qilinsa, xodimning ish staji 30 yilni tashkil qilsa, bunday holatda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshirish orqali pensiya hisoblanadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.

Pensiya (nafaqa) haqida my.gov.uz orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring