Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda ikki YTH oqibatida 34 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonda ikki YTH oqibatida 34 kishi qurbon bo‘ldi

Pokistonda bugun, 25-avgust kuni avtobuslar ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. AFP va Reuters agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning umumiy soni 34 kishini tashkil etadi. Ular orasida Eronga yo‘l olgan ziyoratchilar ham bor.

AFP xabariga ko‘ra, birinchi baxtsiz hodisa Pokiston shimoli-sharqidagi Panjob viloyati bilan chegaradosh Azad Pattan shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobus ag‘darilib, jarlikka qulagan. Mahalliy amaldor Faruk Ahmadning aytishicha, 22 kishi, jumladan 15 erkak, 6 ayol va 1 bola halok bo‘lgan.

Ikkinchi voqea Balujistondagi Makran shossesida sodir bo‘ldi. 25 kishini olib ketayotgan avtobus ham jarlikka qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Jami 12 kishi halok bo‘ldi.

Rasmiylarning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida Arbain tadbirida ishtirok etish uchun Eronga borayotgan ziyoratchilar ham bor. Ammo hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli ularga chegaradan o‘tishga ruxsat berilmagan va uyga qaytish uchun avtobusga o‘tirgan.

AFP’ning ta’kidlashicha, Pokistonda transport infratuzilmasi eskirganligi va haydovchilar malakasining pastligi tufayli qurbonlar soni ko‘p bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladi. 21-avgust kuni Pokistondan Iroqqa ketayotgan avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring