Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda kechasi ko‘chada yurish taqiqlanishi bo‘yicha tarqalgan xabar rad etildi

Poytaxtda kechasi ko‘chada yurish taqiqlanishi bo‘yicha tarqalgan xabar rad etildi

Foto:«Xabar.uz»

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva aholidan tushgan ayrim savollarga javob berdi. 

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalayotgani tufayli shahar yoki hududlar yana yopiladimi?

- Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 2 hafta davomida kechki soat 20:00 dan ertalab soat 8:00 gacha ko‘chada yurish taqiqlanishi mumkinligi to‘g‘risida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Karantin cheklovlari bo‘yicha qaror Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud. Yolg‘on xabarlar tarqalishining oldini olish va uni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida qonun bilan javobgarlik belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda tarqatish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham ushbu xatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring