Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman! Pensiya va nafaqalar oshirildi

Rasman! Pensiya va nafaqalar oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident joriy yil 1-maydan boshlab pensiya va nafaqalarni 12 foiz oshirish yuzasidan farmonni imzolaganini ma’lum qildi.

Shuningdek, eng kam pensiya oladigan 725 ming nafar aholining pensiyasi 14 foizga oshiriladi (440 ming so‘mdan 500 ming so‘mga).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, may oyidan, ya’ni Hayit arafasida O‘zbekistondagi barcha nafaqa va pensiyalar miqdori oshirilishi haqida yozgandik. Ushbu xabarda Moliya vazirligi ham munosabat bildirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring