Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi (foto)

Prezident qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda aholining tinch va osoyishta hayoti hamda mol-mulki daxlsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri ham aynan shu sanaladi.

Davlatimiz rahbarining 2025 yildagi tegishli farmon va qarori ijrosi doirasida Qo‘riqlash departamenti Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlari tizimiga o‘tkazildi.

Ushbu farmon va qarorda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida aniq rejalar ishlab chiqilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Texnik qo‘riqlashni tashkil etish va aholiga texnik qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatishning yangi tizimlari joriy etildi.

Xususan, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklariga “tashvish” tugmalarini o‘rnatish orqali qo‘riqlash naryadlarining qamrovi ostidagi xonadonlar soni keskin oshirildi, himoya orderi berilgan ayollarning xavfsizligini ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ob’yekt va xonadonlarni qo‘riqlovga olish ishlarida ichki ishlar organlarining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Natijada qo‘riqlanayotgan ob’yektlarning soni yil davomida 99 foizga, qo‘riqdagi xonadonlarning soni esa 118 foizga oshdi. Texnik qo‘riqlash markazlarining soni 19 foizga, ularga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor harakatlanuvchi guruhlarning soni esa 15 foizga oshdi.

Davlatimiz rahbari xizmat binosi hovlisida xizmatda qo‘llanilayotgan maxsus texnika vositalari, dronlar manyovri, jamoat tartibini saqlashga jalb etiladigan transport vositalarini ko‘zdan kechirdi.

So‘ng qo‘riqlash texnika vositalarining ko‘rgazmali taqdimoti bilan tanishildi. Bu yerda “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini joriy etish va uni izchil rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha axborot berildi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yildagi tegishli qarori bilan belgilangan aniq mexanizmlar amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika miqyosida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. Ko‘rgazma maydonchasida yuridik va jismoniy shaxslarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlari hamda turli xil kameralarning real vaqtda ishlash jarayoni namoyish etildi, ularning texnik imkoniyatlari tushuntirildi va amaliy tavsiyalar berildi.

Taqdimot doirasida aylanma kameralar, yuz qiyofasidan shaxsni aniqlovchi kameralar hamda davlat raqam belgisini aniqlovchi kameralarning imkoniyatlari ko‘rsatildi. Ushbu texnik vositalar mahallalar, jamoat joylari, ob’yektlar, ta’lim muassasalari, shuningdek, shahar va tumanlarning kirish-chiqish nuqtalariga o‘rnatilmoqda.

Bugungi kunda barcha hududiy ichki ishlar boshqarmalarida sun’iy intellekt asosida hududlarni onlayn kuzatish, tezkor qi%D

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring